Toshkent metrosida poyezd yana to‘xtab qoldi

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt metrosining “Chilonzor" bekatida poyezd yana to‘xtab qolgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holatga Toshkent metropoliteni o‘z munosabatini bildirdi. 

Ma’lum qilinishicha, 1 aprel sanasi soat 11:48 larda metro yo‘nalishlarida qariyb 38 yildan buyon foydalanib kelinayotgan 21-sonli harakat tarkibining kompressori havo bilan ta’minlanishida qisqa uzilishlar kuzatilgan.

Shu boisdan, belgilangan yo‘riqnomaga asosan, mashinist tomonidan harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar “Chilonzor” bekatiga tushirilgan. Shundan so‘ng ortdan kelayotgan boshqa harakat tarkibi orqali tirkamaga olingan holda tekshiruv yo‘lagi tomon yuborilgan.

Hozirgi vaqtda yo‘nalishda poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing