Metroda Qo‘yliqdan Sergeligacha 15 daqiqada borish mumkin bo‘ladi

Jamiyat

image
Mirziyoyev metropolitendagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (fotoreportaj) north_east

Mirziyoyev metropolitendagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (fotoreportaj)

Avval xabar berganimizdek, bugun, 8 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Ma’lum qilinishicha, Quruvchilar dahasidan Qipchoq bekatigacha bo‘lgan qariyb 4 kilometrlik metro yo‘li ham yaqin oylarda ishga tushiriladi. Shu tariqa, Qo‘yliq va Sergeli orasidagi qatnov vaqti 15 daqiqani tashkil etadi. Mazkur yo‘nalish bir kunda 40 mingga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega bo‘ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Buning evaziga shaxsiy transportlarga ehtiyoj kamayib, tirbandlik bartaraf etiladi. Xususan, Qo‘yliq – Sergeli yo‘nalishida harakatlanadigan kunlik avtomobillar soni 40 mingtagacha qisqarib, transport oqimi 12 foiz kamayishi mumkin.

Umuman, ushbu bosqich qurib bitkazilishi bilan Toshkent metropolitenining jami uzunligi 70 kilometrdan ziyod, bekatlar soni 50 ta bo‘ladi. Metroda yuruvchi kunlik yo‘lovchilar soni 650 minggacha yetadi. 245 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.


Maqola muallifi

Teglar

metropoliten Sergeli Mirziyoev Qo'yliq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing