Mirziyoyev metropolitendagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

Bugun, 8 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent metropolitenidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

2020 yil avgustda Toshkent yerusti metrosining birinchi bosqichi ishga tushirilgan edi. O‘sha yil dekabrda Sergeli yo‘nalishi ham ochildi. 

Bu ishlar izchil davom ettirilib, mazkur ikki yo‘nalishni bog‘lovchi Qo‘yliqdan Sergeligacha bo‘lgan metropoliten barpo etilmoqda. Qariyb 12 kilometrlik bu qismda 7 ta bekat bo‘ladi. Ayni kunlarda uning Quruvchilar dahasigacha borgan 5 ta bekati qurib bitkazildi.

Davlat rahbari ushbu transport inshootini borib ko‘rdi. Nuroniylar va faollar bilan suhbatda loyihaning ahamiyati haqida so‘z bordi.

“Oxirgi yillarda bu borada ham tajriba to‘pladik. Qo‘yliq yo‘nalishida 7 ta, Sergelida 5 bekatli yerusti metrolari qurildi. Oldin Toshkent metropolitenidan 240 ming yo‘lovchi foydalangan bo‘lsa, bugungi kunda 600 mingdan oshdi. Rejamiz - 1 million yo‘lovchi. Agar o‘z vaqtida buni boshlamaganimizda, shahar transportida kollaps bo‘lishi mumkin edi. Endi muqobil energetikani ham o‘rganmasak bo‘lmaydi”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident jamoatchilik vakillari bilan birga metroda yurdi.


Maqola muallifi

Teglar

metropoliten Mirziyoev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made