Toshkent metrosida erkak o‘zini poyezd tagiga tashladi (video)

Jamiyat

image

Kecha, 24 fevral kuni Toshkent metropolitenining Mirzo Ulug‘bek bekatida erkak o‘zini poyezd tagiga tashladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.

Hodisa soat 21:00 da yuz bergan va “Chilonzor” yo‘nalishining bir tomonlama qismi vaqtincha harakatdan to‘xtatilishiga sabab bo‘lgan.

Toshkent metropolitenining "Chilonzor" yo‘nalishida poyezdlar harakati soat 22:21 da doimiy reja asosida davom ettirilgan.

Ta’kidlanishicha, holat yuzasidan batafsil ma’lumot dastlabki surishtiruv ishlari yakuniga yetgach ma’lum qilinadi.

Rasmiy xabarlarda o‘zini poyezd tagiga tashlagan erkakning ahvoli haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Bosh prokuratura Matbuot kotibiga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha prokuratura organlari ham tekshiruv boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

1790

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing