Toshkent metrosi uchun Rossiyadan 14 ta yangi harakat tarkibi olib kelinadi
Jamiyat
−
19 avgust 2022
6191Toshkent metropolitenida poyezdlar harakati oraliq intervalini qisqartirish maqsadida Rossiyadan 14 ta yangi harakat tarkibi olib kelinadi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Transport vazirligi, “Toshkent metropoliteni” DUK rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2021 yilning o‘tgan davriga nisbatan hozirgi vaqtda yo‘lovchilar soni 150-200 mingga ortgan. Kunlik yo‘lovchilar soni esa 450-480 mingni tashkil qilmoqda. 2022 yilning sentyabr oyidan metro xizmatidan foydalanuvchi yo‘lovchilarning soni 500 ming nafardan ortishi kutilmoqda.
Shunga ko‘ra, poyezdlar harakatining oraliq intervali ertalabki tig‘iz vaqtlarda (07:30 dan 09:30 ga qadar) “Chilonzor” yo‘nalishida 2,5-3 daqiqa, “O‘zbekiston” yo‘nalishida 3,5-4 daqiqa, “Yunusobod” yo‘nalishida esa 5-6 daqiqa etib belgilanadi.
Platformadagi tirbandlikni oldini olish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida yo‘lovchilar oqimi ko‘p bo‘lgan bekatlarda metropolitenda xizmat olib boruvchi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan yo‘lovchilarning bekatlarga kirish tartibi nazoratga olinadi.
LiveBarchasi