“Toshkent metropoliteni” UK “O‘zbekiston temir yo‘llari” tasarrufidan chiqariladi
Jamiyat
−
19 fevral 2021
7436Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Toshkent shahar transporti sohasida boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Unga muvofiq, Transport vazirligi Toshkent shahar transport boshqarmasi negizida Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi tashkil etilmoqda. Belgilanishicha:
Boshqarma, jamoat transportini jozibardorligini oshirish, tartibga solish va rivojlantirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqish, tashkil etish, boshqarish, takomillashtirish va amaliyotga joriy etilishini;
ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rgangan holda zamonaviy va yangicha yondashuv asosida jamoat transportini rivojlantirish, shu jumladan tezyurar avtobus yo‘nalishlarini (BRT) tashkil etish loyihalarini amalga oshirishni;
metropolitenni jamoat transportining asosiy transport turiga aylantirish bo‘yicha rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqib, yo‘lga qo‘yishni;
transport va yo‘l-transport infratuzilmasi, shuningdek avtomobil to‘xtash joylarini rivojlantirish sohasida shahar dasturlarini ishlab chiqish hamda mazkur mexanizmlarni amalda joriy etishni;
davlat-xususiy sheriklik doirasida shaharda avtomobil yo‘llari va ko‘chalar bo‘ylab pullik avtomobil to‘xtash joylari tarmog‘i tashkil etish loyihalarida davlat sherigi sifatida qatnashishni;
Toshkent shahar yo‘lovchi tashish transportida zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini joriy etishni takomillashtirishni;
Toshkent shahri jamoat transportida tariflarni shakllantirib, kelishish uchun o‘rnatilgan tartibda mnfatdor vazirlik va idoralarga kiritishni;
shahar yo‘lovchi transporti faoliyat yuritishining ishonchliligi, xavfsizligi va qulayligini oshirishni;
Toshkent shahridagi, tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, barcha tashkilotlar tomonidan shahar jamoat transporti harakatiga ta’sir etadigan yo‘l-transport infratuzilmasi va yo‘l ob’ektlarini qurish, ularni ta’mirlash loyihalarining muhokamasida ishtirok etishni ta’minlaydi.
Unga shahar transportini tartibga solish va rivojlantirish bo‘yicha qator vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, “Toshkent metropoliteni” UK “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tuzilmasidan chiqarib, Toshkent shahar transport bosh boshqarmasiga o‘tkaziladi.
LiveBarchasi