“Toshkent metropoliteni” tilanchilarga qarshi kurashishini ma’lum qildi
Jamiyat
−
18 dekabr 2021
5804Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenida harakatlanuvchi poyezd vagonlarida bolalar tilanchilik qilib yurgani aks etgan suratlar tarqaldi. Tarmoqlarda ular yo‘lovchilarga noqulaylik tug‘dirayotgani aytilgan.
“Toshkent metropoliteni” DUK mazkur xabarlarga rasmiy munosabat bildirib, metroda chipta harid qilgan va to‘lov tizimini amalga oshirgan har qanday shaxs yo‘lovchi sifatida harakatlanishi mumkinligini ma’lum qildi.
“Ammo tilanchilik qilishga qonunchiligimizda tegishli tartibda javobgarlik belgilangan. Ayni shu qonunga asosan, “Beruniy” metro bekatida ichki ishlar organ xodimlari tomonidan tilanchilar bilan tezkor profilaktik ishlar amalga oshirildi”, deyiladi rasmiy xabarda.
Qayd etilishicha, Toshkent metropolitenida ushbu holatni bartaraf etish uchun hozirgi kunda tegishli tadbirlar ishlab chiqilmoqda.
LiveBarchasi