Toshkent markazidagi tunnelda harakat qisman cheklandi
Jamiyat
−
11 fevral 2022 4880 1 daqiqa
Bugun, 11 fevraldan Toshkentning Abdulla Qodiriy ko‘chasidan o‘tgan tunnelda rekonstruksiya ishlari olib boriladi. Ta’mirlash bir oy davom etadi.
Rekonstruksiya davomida tunnelning 2 tomonidagi 3 ta yo‘nalishning faqat bittadan yo‘nalishi navbatma-navbat avtomobillar harakatlanishi uchun yopiladi. Haydovchilar qolgan 2 ta yo‘nalishda harakatlanishi mumkin.
Avvalroq, Yashnobod tumanidagi O‘sh ko‘chasi “Do‘stlik” madaniyat va istirohat bog‘i ko‘prigi bilan kesishmasidan Boysun ko‘chasi kesishmasigacha va undan O‘sh 1-tor ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan oraliq mart oxirigicha yopilishi haqida xabar bergan edik.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025