Toshkent ko‘chalarida yirtqich hayvon “sayr” qilib yurgani aniqlandi
Jamiyat
−
26 fevral
36749Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi ko‘chalarda noyob qoraquloq aylanib yurgani aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, boshqarmaga Yakkasaroy tumanida noma’lum hayvon aylanib yurgani haqida xabar kelib tushgan. Borib o‘rganilganda esa u Qizil kitobga kiritilgan 1 dona qoraquloq ekanligi aniqlangan.
“Ishonch telefonlari orqali qilingan murojaat Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Yakkasaroy tumani inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganilganda, notanish hayvon Qizil kitobga kiritilgan 1 dona qoraquloq ekanligi aniqlangan”, deyiladi xabarda.
Holat bo‘yicha Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari bilan hamkorlikda ushbu jonivorni tutish ishlari amalga oshirilib, qoraquloq hayvonot bog‘iga topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Piskent tumani “Qirqqizobod” OFY hududida bo‘rilar paydo bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi