Toshkent ko‘chalarida qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi qurilma sinovdan o‘tkazilmoqda
Jamiyat
−
02 avgust 2021
4752Poytaxt Toshkent ko‘chalarida yo‘ldagi qoidabuzarlikni aniqlovchi yangi qurilma sinovdan o‘tkazilmoqda. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Yangi qurilma Yo‘l-patrul xizmati xodimlariga biriktirilgan xizmat mashinalarining tom qismiga o‘rnatiladi.
Qurilmaning old va orqa tomonida hamda yon tomonlarida kuzatuv kamerlari bo‘lib, transport vositasi to‘xtab turgan vaqtda ham, harakat vaqtida ham 360 daraja radiusga ega bo‘lgan masofada haydovchilar tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklarni aniqlaydi.
Maxsus qurilma:
- to‘xtab turganida va harakat vaqtida o‘zi bilan bir yo‘nalishda va qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalari haydovchilari tomonidan to‘xtash va to‘xtab turish;
- harakatlanish tezligini me’yoridan oshirish;
- svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga amal qilmaslik;
- taqiqlovchi chiroqda to‘xtab turgan vaqtida to‘xtash chizig‘ini bosish qoidabuzarliklarni aniqlaydi.
Shuningdek, davlat raqami belgisi orqali avtomobilning qidiruvda ekani yoki yo‘qligini aniqlaydi.
Qurilma qoidabuzarliklarni onlayn qayd etadi va huquqbuzarning yashash manziliga jarima qo‘llash to‘g‘risida qaror yuboriladi. Ushbu qurilma Toshkent shahrida sinovdan o‘tkazilmoqda. Sinov yakunlanganidan so‘ng respublikaning barcha hududlarida amaliyotda qo‘llash rejalashtirilgan.
LiveBarchasi