“Toshkent” xalqaro aeroportida PPX punkti o‘rnatildi

Jamiyat

image

Fuqarolarga va O‘zbekistonga tashrif buyurayotgan turistlarga o‘z vaqtida zarur yordam ko‘rsatish uchun “Toshkent” xalqaro aeroportiga yaqin hududda “Police” yozuvi bor poytaxt IIBB patrul-post xizmati punkti faoliyat ko‘rsata boshladi. Ushbu punktda kechayu-kunduz Toshkent shahar IIBB xodimlari xizmat olib borishadi.

Bundan tashqari, punktning ichida o‘rnatilgan monitorlar aeroport hududi bo‘ylab o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarining tasvirini uzatib beradi. Bu esa ichki ishlar xodimlariga vaziyatni nazorat qilishlariga, jamoat tartibi buzilgan holatlarda tezda voqea joyiga yetib kelishlariga imkoniyat yaratadi.

Ushbu PPX punkti va ichki ishlar xodimlarining aeroport yaqinida xizmat qilishlari, poytaxtga kelayotgan mehmonlarda xavfsizlik hissini uyg‘otadi.


Maqola muallifi

Teglar

aeroport patrul'-post xizmati

Baholaganlar

17

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing