Toshkentda qator masjidlar imom-xatiblari o‘zgardi

Jamiyat

image

Kecha, 24 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining buyrug‘i bilan Toshkent shahridagi quyidagi masjidlarga imom-xatib vazifasiga tayinlovlar amalga oshirildi:

Toshkent shahar Bektemir tumani bosh imom-xatibi, “Qorasoqol ota” jome masjidi imom-xatibi Yo‘ldoshali Karimov Yashnobod tumanidagi “Islom ota” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.

O‘z navbatida, “Islom ota” masjidi imom-xatibi vazifasida ishlab kelayotgan Jasurbek Raupov Chilonzor tumanidagi “Nosirxon” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.

“Nosirxon” jome masjidi imom-xatibi vazifasida xizmat qilib kelgan Xudoyor O‘rozimbetov Bektemir tumanidagi “Qorasoqol ota” jome masjidi imom-xatibi vazifasiga o‘tkazildi.

Imom-xatiblarni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, Masjidlar bo‘limi mudiri Muhammadnazar Qayumov va O‘MI vakil o‘rinbosari Saxobiddin Satimov jamoatga tanishtirishdi. Ushbu o‘zgarishlar masjidlar faoliyatini yanada yaxshilash, imom-xatiblarning o‘z vazifalarini faol va sifatli ado etishlari uchun yetarli shart-sharoit yaratish maqsadida amalga oshirilgani ta’kidlandi.


Maqola muallifi

Teglar

masjid imom-xatib

Baholaganlar

209

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing