Toshkent, Qashqadaryo va Xorazmda 181 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 24 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 181 nafarga oshib, 19 360 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlari:

•    89 nafari Qashqadaryo viloyatida;
•    80 nafari Toshkent shahrida;
•    12 nafari Xorazm viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 124 nafar, Andijon viloyatida 95 nafar, Sirdaryo viloyatida 63 nafar, Navoiy viloyatida 18 nafar, Namangan viloyatida 13 nafar hamda Surxondaryo viloyatida 10 nafar, jami 323 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib O‘zbekistonda 10 472 (+323) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 8 782 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

405

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing