Toshkent qachon toza havoli shaharga aylanishi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 2030 yilgacha qo‘shimcha 4 ming gektar yashil hudud tashkil etiladi. Bu haqda joriy yilning 26 iyul kuni imzolangan “Toshkent shahrini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident farmoni ma’lum qilindi.

Farmonga ko‘ra, madaniyat va istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bulvarlar qiyofasini o‘zgartirish, yashil hududlarni keskin ko‘paytirish orqali poytaxtni toza havoli megapolislardan biriga aylantirish Toshkent shahrini 2030 yilgacha rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.

Shuningdek, unda aytilishicha, Toshkent shahrida davlat va tadbirkorlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik asosida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va shahar infratuzilmasini yaxshilash tartibi 2027 yil 1 yanvargacha huquqiy eksperiment tariqasida joriy etiladi.

Bundan tashqari, Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi etib qayta nomlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yashil hudud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing