Toshkent-Istanbul reysi bekor qilinishi noroziliklarga sabab bo‘ldi
Jamiyat
−
02 Oktabr 2023
10248Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent-Istanbul reysi bekor qilingani, 400 nafarga yaqin odam 12 soatdan beri aeroportda kutayotgani aytilgan videolar tarqalib, ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan “Uzbekistan Airports” rasmiy munosabat bildirdi.
Bildirilishicha, Turk havo yo‘llarining THY-371 reysi bo‘yicha Toshkent-Istanbul reysi texnik sabablarga ko‘ra bir necha soatga kechiktirilgan. Oqibatda aviatashuvchi reysni bekor qilishga qaror qilgan.
Jadvalga ko‘ra, bortida 265 nafar yo‘lovchi bo‘lgan A-333 samolyoti Toshkent vaqti bilan soat 02:35 da havoga ko‘tarilishi kerak edi. Biroq samolyotda texnik nosozlik aniqlangani sababli parvoz kechiktirilgan, yo‘lovchilar kutish zaliga joylashtirilgan.
“Ertalab aviakompaniya ushbu reysni bekor qilishga va yo‘lovchilarni boshqa reyslarda Istanbulga tashishga qaror qildi. Yo‘lovchilarga ovqatlanish va mehmonxonaga joylashish ham taklif qilingan”, deyiladi ushbu munosabatda.