Toshkent IIBB do‘kondorlarga murojaat bilan chiqdi
Jamiyat
−
13 yanvar 2021
11998Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi poytaxtdagi ko‘ngilochar-savdo markazlari, do‘konlar va boshqa muassasalar rahbarlariga murojaat bilan chiqdi.
Murojaatda ta’kidlanishicha, joriy yilning 7 yanvar kuni Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobilda qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bola uni harakatga keltirib, do‘konga to‘qnashishi bilan bog‘liq hodisa tezkor tartibda xavfsizlikni ta’minlash choralari qo‘llanishini talab etgan.
“Shu munosabat bilan Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi rahbariyati sizdan avtoturargoh va savdo markazi (do‘kon) binosi orasida maxsus cheklov moslamalari o‘rnatishingizni iltimos qiladi”, deyiladi murojaatda.
Qayd etilishicha, mazkur chora yuqoridagi kabi hodisalarning oldini olish uchun zarurdir.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 7 yanvar kuni Toshkentda Lacetti yosh bola bilan qarovsiz qoldirilishi oqibatida, avtomobil Makro supermarketining oynalarini buzib, do‘kon ichiga kirgandi.
LiveBarchasi