Toshkent dunyoning arzon shaharlari qatoriga kirdi

Bu qiziq

image

Toshkent dunyoning eng qimmat shaharlari reytingida 69-o‘rinni egalladi. Bu haqda “The Economist Intelligence Unit”ning tahlilida keltirilgan.

"The Economist" guruhining tahlil bo‘limi dunyoning 173ta yirik shahrida yashash narxi bo‘yicha yangi tadqiqotini e’lon qilgan. Unda joriy yilning martidan sentyabrigacha bo‘lgan davr uchun 400 ta tovar va xizmatlar narxi solishtirilgan. Barcha shaharlar Nyu-York bilan taqqoslanib, uning bazaviy reytingi 100ta punkt asosida baholangan.

Dunyoning yirik shaharlarida yashash o‘rtacha 7,4 foizga qimmatlashgan. Bu o‘tgan yilgidan biroz kamroq ko‘rsatkich. Hisob-kitoblarga ko‘ra, Singapur va Syurix dunyoning eng qimmat shaharlari deb topilgan. Jeneva, Nyu-York va Gonkong keyingi qatorlardan joy olgan. 

Dunyodagi eng arzon shahar esa Suriya poytaxti Damashq bo‘lib turibdi. Kuchli o‘nlikka Tehron, Tripoli, Lusaka, Lagos, Buenos-Ayres, shuningdek, Hindistonning Ahmadobod va Chennay shaharlari kiritilgan.

Mutaxassislar Damashq, Tehron va Tripolida oziq-ovqat va uy-ro‘zg‘or buyumlarining arzonligini qayd etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent reyting arzon shaharlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing