Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangani aytildi
Jamiyat
−
18 aprel 2020
10432Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlangan. Bu haqda bugun, 18 aprel kuni AOKA huzuridagi shtabda o‘tgan brifing vaqtida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot xizmati rahbari Farhod Babashev ma’lum qilgan.
“Toshkent davlat stomatologiya institutida koronavirus aniqlandi. Hozirda institut bugungi kunda karantinga yopilgan”, dedi Farhod Babashev.
Ma’lumot o‘rnida, ayni damda O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlar soni 1450 nafarga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Bugungacha kasallanganlarning 156 nafari davolangan, 4 nafari vafot etgan.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi