“Toshkent bo‘ylab 21 km” xayriya aksiyasi o‘tkaziladi
Jamiyat
−
30 mart 2019
41902019 yilning 7 aprel kuni “Anhor-Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘ida yurtimizda navbatdagi mototuristik mavsum ochilishiga bag‘ishlangan “Toshkent bo‘ylab 21 km” xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Tadbirning maqsadi yurtimizda sayyohlikni rivojlantirish va butun dunyoda mamlakatimizning obro‘-e’tiborini yuksaltirishdir.
“Moto-turizm” loyihasi doirasidagi xayriya aksiyasida Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlardan kelgan mototuristlar ishtirok etadi va shahrimiz bo‘ylab 21 km masofada o‘z mototsikllarida ko‘rgazmali chiqishni namoyish etishadi.
Tadbir O‘zbekistondagi ekstrimal va tog‘ turizmi federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi va Turizmni rivojlantirish departamenti hamkorligida tashkil etilmoqda.
Tadbirda Toshkent shahri va viloyatidagi “Mehribonlik” uyi tarbiyalanuvchilari, kam ta’minlangan oila farzandlari va imkoniyati cheklangan bolalar ishtirokida madaniy tadbirlar ham bo‘lib o‘tadi va ularga homiylarning sovg‘alari topshiriladi.
LiveBarchasi