Toshkent-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotgan avtobus YTHga uchradi. Qurbon bor
3-sahifa
−
22 noyabr 2023
14547Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida Toshkent-Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha qatnovchi avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati boshlig‘i QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 22 noyabr kuni soat 11:50 larda Oqdaryo tumani “Mulla kichkina” MFY hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lida Buxoro viloyatiga tegishli bo‘lgan Yutong rusumli avtobus Buxoro-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotib, YTHga uchragan.
Bunga haydovchining yomg‘ir ta’sirida yo‘lning sirpanchiqligi oshganini inobatga olmasdan tezlikni oshirgani sabab bo‘lgan. Yuqori tezlikda harakatlanayotgan avtobus boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ikkiga ajratib turgan beton to‘siqqa urilishi oqibatida ag‘darilib ketgan.
Oqibatda 1 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan, yana 17 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan. Ularga birinchi yordam ko‘rsatilib, uyiga javob berilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
LiveBarchasi