“Toshkent – Bekobod” yo‘nalishida elektropoyezd qatnovni boshladi. Uning ilk yo‘lovchisi – Prezident
Jamiyat
−
13 iyul 4797 2 daqiqa
“Toshkent – Bekobod” yo‘nalishida soatiga 120 kilometr tezlikda harakatlanadigan 6 ta vagonli elektropoyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 13 iyul kuni elektropoyezdda Toshkentdan Bekobod shahriga borgan.

Bekobod vokzalida Prezidentga poytaxt va mazkur shaharni bog‘lovchi yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar haqida axborot berilgan.
(2).png.jpg)
192 kilometrlik “Toshkent – Bekobod” temir yo‘l qatnovi kuniga qariyb ming nafar, yiliga esa 300 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi rejalashtirilgan. Endilikda unda olti vagondan iborat, 586 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan elektropoyezd soatiga 120 kilometrgacha tezlikda harakatlanadi.
(3).png.jpg)
Bildirilishicha, elektropoyezdda yo‘lovchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Xususan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus ko‘targichlar o‘rnatilgan. Vagonlar konditsioner va isitish tizimlari, yumshoq o‘rindiqlar, USB quvvatlash nuqtalari hamda Wi-Fi tarmog‘i bilan jihozlangan. Shuningdek, videokuzatuv tizimlari, elektron axborot tablolari va velosipedlar uchun maxsus joylar mavjud.
.jpg)
Manbaga ko‘ra, tezkor elektropoyezdning qatnovga qo‘yilishi avtomobil yo‘llaridagi transport yuklamasini kamaytirish va ekologik toza transport ulushini oshirishga xizmat qiladi.
Tanishtiruv davomida Shavkat Mirziyoyev temir yo‘l infratuzilmasini yanada rivojlantirish, yo‘lovchilar uchun sharoitlarni yaxshilash, tarmoqlarni elektrlashtirish va temir yo‘llarga tutash hududlarni obodonlashtirish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar bergan.

Shuningdek, davlat rahbari vokzal infratuzilmasi, xizmat ko‘rsatish sifati va yo‘lovchilar harakatini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratgan.
Live
Barchasi