Toshkent, Andijon, Namangan va Samarqandda yangi kasallanish holatlari qayd etildi

Jamiyat

image

Bugun,  17 iyul soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 133 nafarga oshib, 15482 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlar:

25 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida;

47 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida;

25 nafari Andijon viloyatida;

22 nafari Samarqand viloyatida;

14 nafari Namangan viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda O‘zbekistonda 8783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 6622 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

537

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing