Toshkent aeroportida samolyot farroshi yo‘lovchining pullarini o‘g‘irladi

3-sahifa

image

Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida samolyot farroshi yo‘lovchi sumkasidagi pullarni o‘zlashtirgani aniqlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning 10 mart kuni soat 23:30 da poytaxt aeroportida sodir bo‘lgan. “Olma-Ota–Toshkent” aviareysi bilan uchib kelgan O‘zbekiston fuqarosi samolyotda sumkasini unutib qoldirganini va uning ichida 1800 AQSH dollari, 300 ming so‘m, bank kartasi, quloqchinlar va telefon quvvatlagichi bo‘lganini ma’lum qilgan. 

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari natijasida samolyotlarni tozalash bilan shug‘ullanuvchi xususiy klining kompaniyasining ayol xodimi mazkur sumkani o‘zlashtirib olgani aniqlangan.

Undan yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan pul va buyumlar ashyoviy dalil sifatida xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Ma’lum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

pul samolyot farroshi Toshkent aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing