Toshkent aeroportida avtobus samolyotga borib urildi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroportida avtobus samolyot bilan to‘qnashgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga aniqlik kiritish maqsadida QALAMPIR.UZ “Uzbekistan Airports” axborot xizmati xodimi Ahmadjon Orifjonov bilan bog‘landi.

Tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, kecha, 17 noyabr kuni tunda Toshkent aeroportida avtobus Airbus A320 samolyotining burniga tegib ketgan.

Ahmadjon Orifjonovning ma’lum qilishicha, ushbu voqeada jiddiy holat kuzatilmagan. Samolyot ichida yo‘lovchilar bo‘lmagan va hech kim jarohat olmagan.

Samolyot tekshiruvlardan so‘ng parvozga tayyorlanib, reysga chiqarib yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda samolyotlarni suratga olgan bolalar qo‘lga olingandi. 


Maqola muallifi

Teglar

avtobus Toshkent aeroporti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing