Toshkent aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringanlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni Hindistondan O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatib qolindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi xabar berdi. 

Bildirilishicha, Toshkent xalqaro aeroportida Dehlidan uchib kelgan yo‘lovchining paltosi cho‘ntagidan 281 karat hajmdagi qimmatbaho toshlar topilgan. U ushbu olmoslarni bojxona nazoratiga taqdim etmasdan olib o‘tishga uringan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, olmoslarning umumiy qiymati 873 mln so‘mdan oshadi.

Shuningdek, Hindistondan uchib kelgan yana bir yo‘lovchining bagajidan 57 dona turli o‘lchamdagi olmos toshlari topilgan. Bojxona nazoratiga taqdim qilinmagan ushbu qimmatbaho toshlarning qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra 942 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan. 

Ma’lumot uchun, 2023 yilda respublika bojxonachilari tomonidan jami 394 ta bojxona qonunbuzilishi holatlari aniqlangan. Ularda 32,4 mlrd. so‘mlik 163 kg zargarlik buyumlari, shu jumladan qimmatbaho toshlarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishining oldini olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro aeroportida jami 96 dona tarixiy tangalarni chet elga olib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona Hindiston aeroport olmoslar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing