Toshkentda 113 kishida koronavirus aniqlandi

Jamiyat

image

Bugun, 19 iyul soat 18:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 178 nafarga oshib, 16 607 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 65 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 113 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 26 nafar, Sirdaryo viloyatida 14 nafar hamda Andijon viloyatida 11 nafar, jami 51 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib O‘zbekistonda 9 178 (+51) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 7 344 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

462

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing