Toshkent hokimligiga Prezident ko‘rsatgan nomzod muhokama qilinyapti

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi "Mahalliy davlat hokimiyati organlari to‘g‘risida"gi qonunning 19-moddasiga asosan Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining quyidagi tarkibda 7 ta doimiy komissiyasi tuzildi:

Mahalliy byudjetni shakllantirish, uni ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha;

Qonuniylikni ta’minlash va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha;

Ijtimoiy-madaniy sohani rivojlantirish, oila, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha; 

Sanoat, qurilish, transport va kommunal masalalar va aholiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha;

Kommunal xo‘jalik va ekologiya masalalari bo‘yicha; 

Nodavlat va notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari masalalari bo‘yicha;

Reglament va deputatlik odobi masalalari bo‘yicha. 

6-chaqiriq Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining birinchi sessiyasi kun tartibiga qo‘yilgan asosiy masalalardan biri – bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Toshkent shahar hokimligiga ko‘rsatilgan nomzodni tasdiqlashdir. “Ayni vaqtda deputatlar ko‘rsatilgan nomzod bo‘yicha muhokama olib borish uchun yopiq eshiklar ortiga o‘tdi”, deydi sessiyada ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ muxbiri Bahodir Ahmedov. 

Prezident tomonidan ko‘rsatilgan nomzod shaxsi ommaviy axborot vositalari xodimlariga ochiqlanganicha yo‘q. Katta ehtimol bilan Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahar hokimi lavozimini o‘zida saqlab qoladi.  

Voqealar rivojini QALAMPIR.UZ’da kuzating.  
 


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi

Baholaganlar

279

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing