Toshkent hokimligidan kutilmagan g‘amxo‘rlik

Jamiyat

image

Poytaxt Toshkentda narx-navo kun sayin oshib bormoqda. Supermarketlar qatorida bozorlarda ham narx navo ko‘tarilganini guvoh bo‘lyapmiz. Toshkent shahar hokimligi  Dehqon bozorlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlari narxlari asossiz oshib ketishining oldini olish maqsadida Toshkent shahar hokimining qaroriga asosan “Elga xizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyatlari tashkil etilgani ma’lum qildi. Mazkur korxona uchun dehqon bozorlarining aholi gavjum va xaridorlar uchun qulay bo‘lgan joylaridan 40 ta savdo nuqtasi ajratilgan. Qayd etilishicha, arzonlashtirilgan mahsulotlar aholiga naqd pulga hamda plastik kartochkalar orqali sotilmoqda. 

Toshkent shahar hokimligi tomonidan dehqon bozorlarida go‘sht narxining barqarorligini ta’minlash maqsadida jami 30 ta savdo joylari bepul ajratib berilgan. Ular tomonidan arzonlashtirilgan narxlarda:

•    qo‘y va mol go‘shti – 1 kg uchun 32000-36000 so‘mdan sotilishi;
•    tuxumning donasi 350 so‘mdan 550 so‘mgacha;
•    muzlatilgan va yangi so‘yilgan tovuq go‘shti 1 kg uchun 14.000-18.000 so‘mgacha narxlarda aholiga sotilishi tashkil etilgan.

Toshkent shahar hokimligining tashabbusi bilan dehqon bozorlarining markaziy hududlaridan oziq-ovqat mahsulotlari savdosi uchun joylar ajratilgan va ularda tovarlar arzonlashtirilgan narxlarda sotilishi yo‘lga qo‘yilgan. Masalan: 

•    shakar 4600 so‘mdan 4850 so‘mgacha,
•    un 2700 so‘m,
•    guruch 5700 so‘m,
•    o‘simlik yog‘i 8800-9000 so‘m.

Bu savdo nuqtalarida ham to‘lov naqd pul hamda to‘lov terminallari orqali amalga oshirilayotgani aytilmoqda. 

Shu kunga qadar Toshkent shahar dehqon bozorlariga Surxondaryo viloyatidan 1500 tonnadan ortiq kartoshka, piyoz va karam mahsulotlari keltirilib, alohida tashkil etilgan savdo rastalari va yuk mashinalari orqali arzonlashtirilgan narxlarda sotilmoqda. 

Ayni paytda barcha dehqon bozorlari xududlarida 40 dan ortiq yuk mashinalari hamda alohida tashkil etilgan savdo rastalari orqali arzonlashtirilgan narxlarda 375 tonnadan ortiq qishloq xo‘jalik mahsulotlari, sabzavotlar va xo‘l mevalar savdosi tashkil etildi va davom etmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent shahar hokimiyati

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing