Toshkent hokimining o‘rinbosari ishdan olindi
Jamiyat
−
08 mart 2022 16612 1 daqiqa
Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Muxtor Yashnarovich Muhiddinov egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Shahar hokimi Jahorgir Ortiqxo‘jayev tegishli qarorni imzolagan.
“Muxtor Yashnarovich Muhiddinov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari - shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etilsin”, deyiladi qarorda.
Ushbu qaror xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Live
BarchasiPezeshkiyon va Putin Bishkekda uchrashdi
01 sentabr