Toshkent hokimining “snos” bo‘yicha qarori ma’muriy sudda “sindi”

Jamiyat

image

Kecha, 1 fevral kuni Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida arizachi N. Yunusova va O. Piantkovskayaning javobgar Toshkent shahar hokimiyatiga nisbatan hokim qarorini haqiqiy emas deb topish haqidagi ma’muriy ish mazmunan ko‘rib chiqilib, hal qiluv qarori o‘qib eshittirildi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi.

Hal qiluv qaroriga ko‘ra, arizachi N. Yunusova va O. Piantkovskayaning arizasi qanoatlantirilib, Toshkent shahar hokimining 2007 yil 2 avgustdagi 697-sonli qarorining Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 7 uyni madaniy meros ob’ektlari davlat ro‘yxatidan chiqarishga oid qismi haqiqiy emas deb topildi.

Shuningdek, ishni ko‘rish davomida aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan javobgar Toshkent shahar hokimiyati va Madaniyat vazirligining Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasi Toshkent shahar, Toshkent va Sirdaryo viloyatlari bo‘yicha mintaqalararo davlat inspeksiyasiga nisbatan xususiy ajrim chiqarildi.

Sud qarorlariga nisbatan 1 oylik muddat ichida Toshkent shahar ma’muriy sudiga shu sud orqali shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.

Qayd etish kerakki, ijtimoiy tarmoqlarda mazkur uyda yashovchi fuqarolar hokim qarori bilan turar joylari "snos"ga tushganidan xavotirda ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Avvalroq, Toshkent shahar hokimining Yunusobod tumanidagi "Universam" savdo markazi joylashgan yerni davlat va jamiyat ehtiyoji uchun olish to‘g‘risidagi qarori sudda bekor qilingani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

sud

Baholaganlar

220

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing