Toshkent hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
02 aprel
15206Durdona Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Rahimova bugungi kunga qadar Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Ma’lumot uchun, Durdona Shukurullayevna Rahimova 1989 yil 8 iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Mehnat faoliyatini 2012 yilda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati Kengashining iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash bo‘limi mudiri lavozimida boshlagan. Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida ishlagan. 2019 yil dekabrida Prezident Shavkat Mirziyoyev Durdona Rahimovaning nutqidan so‘ng tajriba tariqasida poytaxt tumanlaridan biriga ayol kishini hokim etib tayinlashni taklif qilgan.
2020 yil mart oyida Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan. 2023 yilning yanvarida esa Rahimova Yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Qashqadaryo viloyatidagi Kitob tumaniga Rustam G‘afurov hokim etib tayinlangandi.
LiveBarchasi