Toshkent havosining ifloslanish darajasi ma’lum bo‘ldi

Foydali

image

25-27 oktyabr va 28 oktyabr tongida Toshkent shahridagi meteorologik sharoitlar shaharning havo muhitida zararli moddalarning juda kuchsiz yig‘ilishiga imkoniyat yaratdi. Ruxsat etilgan me’yor (REM)dan yuqori bir kecha-kunduzlik konsentratsiyalar soni umumiy kuzatishlar soniga nisbatan 19 foizni tashkil etdi, bu esa atmosfera ifloslanishining past darajasiga mos keladi.

Nazoratdagi zararli moddalar konsentratsiyasining o‘rtacha miqdori 25 oktyabrda quyidagini tashkil etdi: chang – 0,0; uglerod oksidi – 1,0; oltingugurt dioksidi – 0,0; azot dioksidi – 1,3; fenol – 0,3; vodorod ftorid – 0,6; ammiak – 0,3 REM o‘.q.

Statsionar postlarning kuzatuv ma’lumotlariga ko‘ra quyidagi tumanlarda havoning ifloslanishi REM b.m.dan ortgani qayd etilgan.

3 holatda – azot dioksidi:

Yunusobod tumani - 19 post, 07:00-1,1 REM b.m.

Yakkasaroy tumani - 4 post, 19:00-1,1 REM b.m.

Mirobod tumani -15 post,  07:00-1,1 REM b.m.

1 holatda – uglerod oksidi:

Mirzo Ulug‘bek tumani - 6 post, 13:00-1,2 REM b.m.

1 holatda – chang:

Yashnobod tumani -2 post, 13:00-1,4 REM b.m.

Boshqa tumanlarda olingan ma’lumotlar bo‘yicha yo‘l qo‘yilgan chegaraviy miqdorning bir martali qiymati REM b.m.dan  yuqori bo‘lgani kuzatilmadi.

Qayd etilishicha, 30 oktyabr va 31 oktyabr tongida Toshkent shahrining ob-havo sharoiti shahar havo muhitida zararli moddalarning bir oz tarqalishiga imkoniyat yaratadi. Ifloslanish darajasi past bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent havo

Baholaganlar

31

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing