Toshkent havosi ifloslangan shaharlar reytingida yana yuqoriladi
Jamiyat
−
17 may 5645 1 daqiqa
Bugun, 17 may kuni Toshkent shahri dunyoning yirik shaharlari orasida havoning ifloslanish darajasi bo‘yicha 2-o‘ringa chiqdi. Bu haqda ma’lumot real vaqt rejimida faoliyat yurituvchi IQAir portalida keltirilgan.
Unga ko‘ra, soat 22:40 atrofida Toshkent havosida mayda PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 117,354 mkg/m3 ni tashkil etgan.

RM10 zarrachalarining tarkibi ham me’yordan oshdi, bu kamdan-kam uchraydi – 1584,817 mkg/m3, ruxsat etilgan 500 mkg/m3 dan 3 baravar yuqori. Soat 22:00 da bu raqam 726,943 mkg/m3 edi.
Qolaversa, Toshkent shahrida 8,5 ming, Toshkent viloyatida 10,3 ming abonent vaqtincha elektr energiyasidan uzilgan.
Energetika vazirligiga ko‘ra, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ayrim liniyalar o‘chirilgan.
Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi uyda qolish, derazalarni yopish, namlikni oshirish (yuzalarni nam latta bilan artish, namlagichdan foydalanish), ko‘proq suyuqlik ichish, ko‘chada niqob taqishni tavsiya qildi.
Live
Barchasi