Toshkent Hakamlik sudi sudyasi pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent shaharda ishni javobgarning foydasiga hal qilib bermoqchi bo‘lgan hakamlik sudi sudyasi ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.

DXX hamda Departamentning Toshkent shahar boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, O‘zbekiston halqaro arbitraj va hakamlik sudlarini rivojlantirish jamoat fondi huzuridagi Toshkent shahar Hakamlik sudi sudyasi M.K. da’vogar F.T. va javobgar M.X.ning ishi bo‘yicha ishni M.X.ning foydasiga hal qilib berish hamda ushbu qarorning kelgusida bekor bo‘lmasligini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali hal qilib berishni va’da qilgan. Bu xizmati evaziga sudya javobgar M.X.dan firibgarlik yo‘li bilan 4 000 AQSH dollari talab qilib, shundan 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

sud korruptsiya

Baholaganlar

302

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing