O‘zbekiston Fransiyadan 150 mln yevro qarz oladi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Fransiya Taraqqiyot agentligi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlar asosida O‘zbekiston Respublikasiga byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 150 million yevro kreditini jalb qilish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Loyihaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 27 apreldagi 260-son qaroriga muvofiq elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasiga byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun Fransiya taraqqiyot agentligining (FTA) 150 million yevro miqdorida (Policy Based Loan) kreditini jalb etish belgilangan.

Shuningdek, 2020 yil 6 iyunda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Energetika vazirligi va Fransiya taraqqiyot agentligi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida “Energiya iqlimi” davlat maqsadli kreditini 150 million yevro miqdorida jalb qilish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolangan.

2020 yil 9 iyulda FTA Direktorlar kengashi tomonidan elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasiga byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 20 yil muddatda qaytarish sharti bilan 150 million yevro miqdorida kredit (Policy Based Loan) ajratilishi ma’qullangan, shuningdek, 2020 yil 15 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi va FTA o‘rtasida muzokaralari o‘tkazilgan.

Belgilab qo‘yilishicha:

•    FTA krediti O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratiladi;

•    O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, FTA tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan nazorat qiluvchi organ hisoblanadi;

•    FTA asosiy kreditini so‘ndirish, shuningdek ular bo‘yicha foizlar, majburiyat uchun to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi elektr energetikasi sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda byudjetni qo‘llab-quvvatlash (Polcy Based Loan) uchun FTA tomonidan ajratiladigan kredit hisobidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihasini (EHNATni joriy etish loyihasi) moliyalashtirishga 150 million yevrodan oshmagan miqdorda, o‘n besh yil muddatga uch yillik imtiyozli davri bilan olti oylik YeVRIBOR+1,25 foiz (bunda 0,75 foiz O‘zbekiston Respublikasi ustamasi) to‘lash sharti bilan kredit ajratadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ EHNATni joriy etish loyihasining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish, Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan kreditdan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan mas’ul organ etib belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziriga elektr energetika sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasiga byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun FTAning 150 million yevro miqdorida (Policy Based Loan) kreditini jalb etish uchun O‘zbekiston Respublikasi va FTA o‘rtasida imzolanadigan qarz bitimini O‘zbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

qarz O'zbekiston-Frantsiya

Baholaganlar

74

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing