Top-klublar FIFA taklifini rad etdi

Sport

image

Yevropaning top-klublari AQSHda o‘tkazilishi rejalashtirilgan klublar o‘rtasidagi 2025 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, FIFA AQSHda 32 ta jamoa ishtirokida klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha bir qarorga kelgan. Funksionerlar Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati vaqtida Yevropa klublari vakillari bilan muzokaralar olib borgan, biroq aksariyat jamoalar taklifni rad etgan.

FIFA 2025 yilgi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatini tashkil etishiga oz vaqt qolmoqda, lekin turnir formati hali qanday bo‘lishi aniq emas. Saralash mexanizmi noma’lum, teleradiokompaniyalar va tijorat hamkorlari bilan ham hali muzokaralar boshlanmagan.

Ma’lumot uchun, hozirgacha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘z qit’alarida chempion bo‘lgan sanoqli klublar ishtirokida o‘tkazib kelinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA JCH2022

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing