Top-5 chempionatlarida qaysi jamoalar mag‘lub bo‘lmagan?
Sport
−
08 noyabr 2021 4147 1 daqiqa
Joriy yilgi mavsumda Yevropaning top-5 chempionatlarida hamon mag‘lub bo‘lmagan ikkita jamoa qoldi. Ulardan biri “Napoli” bo‘lsa, ikkinchisi “Milan” hisoblanadi.
Kecha, 7 noyabr kuni A cyeriyaning 12-turida Neapol klubi o‘z maydonida “Verona” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, “Milan” va “Inter” o‘rtasida kechgan Milan derbisida xuddi shu hisob qayd etildi.
12-turdan so‘ng, “Napoli” va “Milan” 32 ochko jamg‘argan. Ammo Luchano Spalletti boshchiligidagi neapolliklar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha jadvalning 1-pog‘onasidan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada “Liverpul” va “Frayburg” o‘z ligalarida mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi. Yurgen Klopp shogirdlari safarda “Vest Xem”ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy bergan bo‘lsa, frankfurtliklar “Bavariya” qarshiligini sindira olishmagan.
Ma’lumot uchun, kelasi turda “Milan” o‘z maydonida “Fiorentina”ni sinovdan o‘tkazsa, “Napoli” “Inter” maydoniga safar uyushtiradi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025