“Tonirovka” uchun ruxsatnomani onlayn olish mumkin bo‘ladi
Jamiyat
−
14 dekabr 2020
10093Avtotransport vositalari oynasining tusini o‘zgartirish uchun ruxsatnmani onlayn shaklda olish imkoniyati yaratilishi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini onlayn ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasida ko‘zda tutilgan.
Qaror bilan avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun onlayn tarzda ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlanadi.
Belgilanishicha:
• 2021 yil 1 apreldan boshlab avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish faqat onlayn tarzda O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YAIDXP deb ataladi) orqali amalga oshiriladi;
• O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun YAIDXP orqali murojaat etganda, davlat boji, yig‘imlar va boshqa to‘lovlar to‘lanadigan summadan 90 foiz miqdorida to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar:
• avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonining to‘liq avtomatlashtirilishini;
• avtotransport vositalarining oynalarining tusini o‘zgartirganlik uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmati YAIDXP orqali ko‘rsatilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan axborot tizimlarining o‘zaro integratsiya qilinishini;
• ushbu qaror bilan tasdiqlanayotgan ma’muriy reglament bo‘yicha davlat xizmati YAIDXP orqali joriy etilishini;
• davlat xizmatini ko‘rsatilganligi uchun to‘langan to‘lovlar Davlat bojlari va yig‘imlar summasi hisobini yurituvchi Yagona billing tizimi orqali elektron tarzda amalga oshirilishini ta’minlaydi;
• YAIDXPda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining har bir bosqichida murojaatlar ko‘rib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
• davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmati ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi bo‘yicha ularning faoliyati yuzasidan, shu jumladan YAIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatadi;
• ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglament talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolar qo‘llaydi.
LiveBarchasi