Toni Fergyusonning salomatligi haqida ma’lumot berildi. Uning bosh suyagi singan
Sport
−
11 may 2020
16967Aralash jang san’ati ustasi Toni Fergyuson vatandoshi Jastin Getji bilan bo‘lgan jangdan so‘ng jiddiy jarohat oldi. Jumladan, jangdan keyingi tibbiy ko‘rikda Fergyusonning bosh suyagi orbital suyagi singanligi aniqlandi.
Xabar qilinishicha, ushbu jarohat Fergyusonni rejalashtirilganidan ko‘ra ko‘proq shifoxonada yotishga majbur qiladi. Oktagonga qaytish vaqti, yangiliklarni hisobga olgan holda, jiddiy o‘zgarishi mumkin.
Tonining jarohatlari haqidagi yangiliklarni Yahoo! taqdim etgan. Ushbu xabarlar UFC kompaniyasi prezidenti Deyna Uaytning bayonotiga tayanib tarqatilgan. Hozirda Fergyuson Florida shtatidagi Jeksonvill shifoxonasida davolanmoqda.
Shu o‘rinda Tonini Twitter’dagi sahifasida joylashtirgan posti haqida gapirib o‘tmoqchimiz. Unda "El Kukuy" o‘z palatasida raqsga tushgan va tezroq ozod qilishlarini kutayotganini yozib qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHlik aralash kurash (MMA) jangchisi Jastin Getji Mutlaq janglar chempionatining (UFC) Florida shtati (AQSH) Jeksonvill shahrida o‘tgan UFC 249 musobaqasinining asosiy jangida vatandoshi Toni Fergyusonni texnik nokautga uchratib, g‘olib bo‘ldi.
Tonining mag‘lubiyati sakkiz yil ichida birinchisi bo‘ldi.
LiveBarchasi