Tonggacha koronavirusga chalinganlar 279 nafarga ko‘paydi, 2 kishi vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 279 nafarga ortib, 30197 nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlari:

- 142 nafari Toshkent shahrida;

- 133 nafari Toshkent viloyatida;

- 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 84 yoshli Q.Ya. (erkak) hamda Zangiota tumanida yashagan 62 yoshli S.T. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
Ayni paytda 21316 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (71 foiz) sog‘aygan.
 
Hozirda mamlakatda 8691 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 974 nafari og‘ir, 274 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

366

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing