Tong otdi. Oblomurodov beton ostida qolgan daraxtlar holidan xabar olgani bordi
Jamiyat
−
04 fevral 2022
17121Avvalroq, Toshkent shahar Yunusobod tumani Shahriston va Amir Temur ko‘chalari kesishmasida daraxtlarning osti betonlab tashlangani haqida xabar bergan edik. Bugun Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomurodov joyiga chiqib, holat bilan tanishgan.
Qayd etilishicha, Ekologiya, Ekopatrul va Milliy gvardiya xodimlari hamkorligida mazkur hududda navbatchilik tashkil etilib, 24 soat nazoratga olish vazifasi topshirilgan.
Ayni damda mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, 3 fevral kuni ushbu manzildagi daraxtlar ostiga tadbirkor noqonuniy ravishda beton qorishmasini to‘kib ketgan.
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan maxsus ishchi guruhi tuzilib voqea joyiga yetib borgan.
Mas’ullarni jalb qilgan holda daraxtlar joylashgan maydon beton qorishmalaridan tozalangan.
LiveBarchasi