Tomskdagi fojiada halok bo‘lganlar jasadi O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

−

image

Rossiya Federatsiyasining Tomsk viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlardan 10 nafarining jasadi O‘zbekistonga olib kelingani xabar qilingan edi.

Kecha, 30 yanvar kuni ushbu fojiada tirik qolgan 2 nafar o‘zbekistonlik hamda vafot etgan 2 marhumning jasadi ham O‘zbekistonga olib kelindi.

Olib kelingan jasadlar ularning doimiy yashagan viloyatlariga yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz, 21 yanvar kuni Rossiyaning Tomsk viloyatida 12 nafar o‘zbekistonlik yong‘in oqibatida halok bo‘lgan, 2 nafari tirik qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

55

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing