Tomskda yonib ketgan o‘zbekistonliklarning jasadi olib kelindi

Jamiyat

image

2020 yilning 26 yanvar kuni ertalab Tomsk viloyati, Asinovskiy tumani, Prichulimskiy posyolkasida joylashgan yog‘ochli uy yonishi natijasida halok bo‘lgan 10 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadi Toshkent shahriga yetkazildi.

Bu ish O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra, shu kuni ertalab HY-668 reysi bilan TIV, IIV va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan amalga oshirilgan. 

“Qolgan ikki nafar narhum jasadi DNK tahlili natijalari aniqlangandan keyin yuboriladi”, deyiladi xabarda.

Bosh konsulxona ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ishlagan “Greenwood” MCHJ o‘rmon kesish kompaniyasi direktori huquqni himoya qilish idoralari tomonidan qo‘lgan olingan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Tomsk yonib ketgan o'zbekistonliklar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing