Tomskda favqulodda holat rejimi joriy etildi
Olam
−
06 Sentabr
19849Rossiyaning Tomsk viloyatida noqulay ob-havo tufayli ekinlar va hosilga xavf tug‘ilishi munosabati bilan favqulodda vaziyat joriy etildi. Bu haqda viloyat gubernatori Vladimir Mazur o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Avvalroq, ayrim hududlarda mahalliy favqulodda holat e’lon qilingan. Bu sug‘urtalangan fermer xo‘jaliklariga yetkazilgan zarar uchun tovon olish imkonini beradi”, deb yozadi Mazur.
Vladimir Mazurga ko‘ra, viloyatda sovuq va nam ob-havo tufayli tuproq me’yoridan ortiq suv shimgan. Tomsk, Asinovskiy, Bakcharskiy, Ziryanskiy va Pervomayskiy tumanlaridagi ekinlar hozir alohida xavf ostida. Tomsk viloyati allaqachon 3 ming gektar ekinni yo‘qotgan.
Ma’lumot uchun, bungacha Omsk viloyatida ham favqulodda holat joriy qilingan. Bunday qaror qabul qilinishiga kuchli yog‘ingarchilik tufayli hosil yig‘im-terimining kechroq muddatga qoldirilgani sabab bo‘lgan. Viloyat gubernatori Vitaliy Xotsenkoning so‘zlariga ko‘ra, rejimning joriy etilishi ekinlarni favqulodda sug‘urta qilgan fermerlarga sug‘urta to‘lovi uchun ariza berishga imkon tug‘diradi.
LiveBarchasi