Tomskdagi fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Olam

image

Tomsk viloyati, Asinovskiy tumani, Prichulimskiy qishlog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida ishchilari halok bo‘lgan Greenwood kompaniyasining rahbari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan hibsga olindi. Bu haqda viloyat huquq-tartibot idoralari xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kompaniya rahbari vaqtincha hibsxonada saqlanmoqda. 

Yonib ketgan uyda “Greenwood” o‘rmon xo‘jaligi kompaniyasining 14 xodimi istiqomat qilgan. 

Xabarga ko‘ra, "Greenwood" MCHJ zavodi hududida yong‘in sodir etilganligi sabab jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat kodeksining 109-moddasi (“Ikki yoki undan ortiq shaxsning ehtiyotsizligi tufayli o‘limga sabab bo‘lish”)ga muvofiq, kompaniya hujjatlari tortib olingan.

Ma’lumot o‘rnida, "Greenwood" yog‘och ishlab chiqarish kompaniyasi Tomsk viloyatining Asinovskiy tumanida 2011 yildan beri faoliyat olib boradi. 2018 yildan boshlab korxonaning yagona ta’sischisi Ma Tsangui. 2019 yildan buyon bosh direktor Sun Anyi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Tomsk

Baholaganlar

90

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing