Tomirlarimda spartalik jangchilar qoni bor – Kambosos
Sport
−
29 noyabr 2021
2854Yengil vazn toifasida mutlaq Jahon chempioni Jorj Kambosos (20-0-0) amerikalik sobiq chempion Teofimo Lopes (16-1) ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
“Men buning uchun juda ko‘p mehnat qildim. Agar Teofimo bilan ringga chiqsam va bu menga qiyin bo‘lsa, uyimdan chiqmay o‘tirganim ma’qul ekanini bilardim. Men bunga to‘liq tayyor edim. O‘zimga ishondim. Men uni yo‘ldan olib tashladim. Chidamlilik buvim, bobom, ajdodlarimdan meros qolgan bo‘lsa kerak. Mening tomirlarimda spartalik jangchilar qoni bor”, deydi Kambosos.
Shuningdek, Jorj “yovvoyi” shaxsiy hayoti va qiyinchiliklar haqida gapirib o‘tdi:
“Men bobomni yo‘qotdim, lekin uchinchi o‘g‘lim tug‘ildi. Jangda men sinmadim. Nima bo‘lganda ham o‘rnimdan turishga tayyor edim. Jamoamiz bilan Lopes darhol hujumga o‘tishini tahmin qilgan edik. Uning jahlini chiqarish uchun ko‘plab psixologik hiylalar bor edi. Teofimo shoshib qolishini bilardim. U nokautga intilib, zarbalarini kuch bilan yo‘llashi xato qaror edi”.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 28 noyabr kuni AQSHning Nyu-York shahridagi “Xulu” teatrida professional boksning yengil vazn toifasida WBC, WBA Super, WBO, IBF va The Ring yo‘nalishlari bo‘yicha mutlaq Jahon chempionligi uchun o‘tkazilgan jangda avstraliyalik Jorj Kambosos amerikalik Teofimo Lopes ustidan 115-111, 113-114, 115-112 hisobida g‘alaba qozongan edi.
LiveBarchasi