Tomdi tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 27 yanvar kuni Orzumurod Umarov Fayzullayevich Navoiy viloyatidagi Tomdi tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ishtirokida Tomdi tumani hokimligi  majlislar zalida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda bir qator tashkiliy masalalar yuzasidan faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.

Normat Tursunov yig‘ilishda Orzumurod Umarov tuman hokimi vazifasiga,  Jusipbek Karimboyev Kuanishevich esa tuman hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganini e’lon qilgan.  

Ma’lumot uchun, bunga qadar Orzumurod Umarov Tomdi tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida Tomdi tumanining oldingi hokimi Qayrat Aldabergenov ishdan olingandi. O‘shanda Orzumurod Umarov zimmasiga tuman hokimi vazifasini vaqtincha bajarish yuklatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

hokim Tomdi tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing