Tomas Tuxel koronavirusni lotoreyaga qiyosladi

Sport

image

“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel koronavirus bilan bog‘liq vaziyat kundalik ishlarga qanday ta’sir qilayotgani haqida gapirdi.

“Bu – lotereya. Har kuni PZR testlar topshiryapmiz va shundan keyingina binoga kirishga ruxsat beriladi. Ishga kelamiz, lekin ofisga yetib borish yoki bormaslikni aniq bilmaymiz. Bu esa bir kun bo‘lsa-da, xavfsizlikni kafolatlaydi. Ertasi kuni esa yana testdan o‘tamiz. Akademiya tarbiyalanuvchisi Lyuis Beyker bilan shartnoma tuzdik va hozir u tekshiruvdan o‘tmoqda. Barchasini yangidan rejalashtiramiz”, deydi Tuxel.

Eslatib o‘tamiz, “aristokratlar” himoyachisi Antonio Ryudiger “Real”ga o‘tishi mumkinligi haqida xabar bergan edik. Agar 28 yoshli germaniyalik futbolchi London klubini tark etgan taqdirda Madrid futbolchining asosiy varianti bo‘ladi va “Blankos” bilan muzokaralar olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, Tuxel ilk bor joriy yilning 26 yanvar kuni “Chelsi” ustozi sifatida ish boshlagan. Jamoa uning qo‘l ostida hozirga qadar 57 uchrashuvda 37 g‘alaba  12 durang va 8 mag‘lubiyat qayd etgan. Shuningdek, UEFA Chempionlar ligasidagi g‘alaba tufayli mavsum yakunlariga ko‘ra yilning eng yaxshi klubi, deb topildi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

UEFA Tomas Tuxel'

Baholaganlar

6

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing