Tomas Tuxel “Bavariya”ni boshqarishi mumkin

Sport

image

“Chelsi”ning sobiq bosh murabbiyi germaniyalik Tomas Tuxel “Yuventus” bilan muzokaralar olib bormayapti. Bu haqda jurnalist, insayder Nikolo Skira xabar berdi.

Qayd etish kerakki, so‘ngi paytlardagi omadsiz natijalar tufayli “Yuventus” rahbariyati Massimiliano Allegrini iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Tuxelni olib kelishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabarlar ko‘paygan. Biroq Tomas “zebralar” bilan muloqotga kirishmagan. 

Insayderning aniqlik kiritishicha, “Bavariya” Yulian Naglesmanni ishdan bo‘shatadigan bo‘lsa, Tomas Tuxelni murabbiylik postiga olib kelishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Tuxelt shu yilning 7 sentyabr kuni “Chelsi”dan iste’foga chiqarilgan. Uning qo‘l ostida London klubi Chempionlar ligasi, Yevropa Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

“Yuventus” Tomas Tuxel' “Bavariya”

Baholaganlar

16

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing