Senat yalpi majlisi Musa Yerniyazovni xotirlash bilan boshlandi
Jamiyat
−
07 avgust 2020
7586Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisining rasmiy qismiga o‘tishdan oldin Musa Tajetdinovich Yerniyazovning va shu kasallikdan vafot etgan boshqa yurtdoshlarimiz xotirasiga bir daqiqalik sukut e’lon qilindi.
Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi – O‘zbekiston Respublikasi Senati Raisining o‘rinbosari, O‘zbekiston Qahramoni Musa Tajetdinovich Yerniyazov 31 iyul kuni 73 yoshida koronavirusdan vafot etdi.
Uning dafn va ta’ziya marosimiga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchilik qildi.
Ma’lumot uchun, Musa Yerniyazovning koronavirusga chalingan 18 iyul kuni ma’lum bo‘lgandi. Marhumning o‘limidan bir kun avval SSV rasmiylari senator og‘ir ahvolda ekanini bildirgandi.
LiveBarchasi